«Telegram» kanal

Kitob tumani hokimining mahallalar kesimidagi o`rganishlari davom etmoda

09:39, 27.03.24
6

Kitob tumani hokimi, 1-sektor rahbari Uktam Pardayev bugun ham erta tongdan o`z ishini hududdagi Hamid Olimjon mahallasini o`rganishdan boshladi. Mazkur mahallaning drayver sohasi asosan ko`chatchilik ya`ni aholining ko`p qismi erta bahordan xonadonlarida yetishtirgan turli sabzavot ko`chatlari, gul nihollarini yetishtirib, bozorga chiqarish bilan mashg`ul bo`lsa, boshqa qismi oilaviy tadbirkorlik bilan shug`ullanadi. Quvonarli jihati, Muhtaram Yurtboshimizning mahalla tizimini isloh qilishlari orqali hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari lavozim egalarining ish boshlashi hamda ularning "xonadonbay" aholi bilan yelkama-yelka bo`lib, imtiyozli kreditlar bilan moddiy ko`mak berishi natijasida bu kabi o`z xonadonida daromad topayotgan oilalar soni kundan kunga ortmoqda.

O`rganishlar davomida tuman rahbari hududdagi "Umid uchqunlari" nomli nodavlat maktabda ham bo`lib, bu yerdagi bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars mashg`ulotlari sifati bilan qiziqdi. Mazkur ta`lim maskanida darslarning to`liq xorijiy tillarda olib borilayotganligi, shu bilan birga milliy qadriyatlarimiz hamda sharqona odob-axloq qoidalari uyg`unligida tarbiya berilayotganligi tuman rahbarini quvontirdi.