«Telegram» kanal

Qashqadaryo viloyati hokimi Koson tumanining chekka hududida joylashgan mahallaga bordi

12:23, 09.02.24
6

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Koson tumani "Chiroqchi" mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. O‘z navbatida bu mahalla tumanning chekka hududida joylashgan va uzoq yillar davomida e'tiborga muhtoj edi. Buni inobatga olib, Prezidentimiz topshirig‘iga asosan ana shunday chekka mahallalarni obod maskanga aylantirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Viloyat hokimi hududni o‘rganish davomida loyihalarni ko‘zdan kechirdi va mas'ullardan bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi haqida so‘radi. Shuningdek, hududdagi shifokorlik punktini ta'mirlash yuzasidan taklif va topshiriqlarini berdi.