«Telegram» kanal

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Qamashi tumanida bo‘ldi

10:16, 13.03.24
6

Viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov Qamashi tumanida bo‘lib, bahorgi ekinlarni ekish, "Yashil makon" loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.Shundan so‘ng, "Bozor o‘g‘li Abdi" fermer xo‘jaligida tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman IIB boshlig`i Nodirbek Rahimov ishtirokida fermerlar, dehqon xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar bilan g‘alla parvarishi, ko‘chat va bahorgi ekinlarni ekish hamda yoshlarga ajratilgan maydonlarda eksportbop mahsulotlarni yetishtirish ishlari yuzasidan suhbatlashdi.