«Telegram» kanal

Tuman hokimi nuroniylar va tadbirkorlar bilan uchrashdi

12:40, 23.01.24
7

G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov va Respublika ishchi guruhi vakili Xurshid Bo‘riyevlar "Jonbuloq" mahallasida yashovchi keksa nuroniylar bilan uchrashib, "Obod xonadon, obod ko‘cha va obod mahalla" dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.Qo‘llari doim duoda bo‘lgan jonbuloqlik keksalar olib borilayotgan ishlardan mamnun bo‘lishib, Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

   Shu bilan birga tuman hokimi mahallada tadbirkorlikni va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida tadbirkorlar bilan ham suhbatlashdi.
   Unda mahallada mini futbol maydonchasi, to‘yxona va dorixona kabi aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish bo‘yicha kelishib olibdi.Shuningdek, aholi o‘z xonadonida daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun parrandachilik, quyonchilik issiqxona yo‘nalishlarda savdo yarmarkasi ham tashkil etilmoqda