«Telegram» kanal

G‘uzorlik fermerlar g‘allani yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalardan foydalanishmoqda

11:06, 25.03.24
8

Prezidentimiz Qashqadaryoga tashriflarida ekinlarni suv bilan taʼminlash masalasi yildan yilga tobora qiyinlashib borayotganligi va bu muammo Qashqadaryo uchun dolzarb ekanligini taʼkidlab, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.
   Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash va suvni iqtisod qilish maqsadida G‘uzor tumanidagi fermerlar g‘alla maydonlarini yomg‘irlatib sug‘orishni boshlab yuborishgan.Xususan, tumandagi “Navoiy” hududida faoliyat olib borayotgan "Nodirbek Saidov" fermer xo‘jaligi g‘alla maydonini zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar yordamida yomg‘irlatib sug‘orishni maqsad qilib, quvur va uskunalarni o‘rnatishni boshladi.