«Telegram» kanal

"Koson" fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun seminar tashkil etildi

09:58, 07.03.24
7

Koson fermerlar hududidagi "Koson" fermer xo‘jaligida fermerlar, qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda Prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etdi. 
Tadbir davomida dala chetlariga ko‘chat ekish, xususan, tok, tut hamda mevali, manzaralari daraxtlarni ekish, 2024-yilda g‘alla parvarishida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, kanallar va ichki xo‘jalik ariqlarini betonlashtirish va ular atrofida ko‘chatlar ekish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.