«Telegram» kanal

Juma - fuqarolar qabuli kuni

11:20, 15.03.24
6

Bugungi kunda aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni ijobiy hal etish har bir soha rahbarining ustuvor vazifasiga aylanib ulgurdi. Doimiy tashkil etilayotgan fuqarolar qabullari buning chin ma’nodagi isboti bo‘lmoqda. 

Kasbi tumanidagi "Xalq qabulxonasi"da tashkil etilgan fuqarolar qabulida ham tumandagi dolzarb muammolardan tortib fuqarolarning eng kichik muamolarigacha ijobiy yechim izlandi. Fuqarolar tomonidan asosan ichki yo‘llar, ichimlik suvi, kredit, elektr energiyasi, qurilish, moddiy yordam va ishga joylashtirish bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlar yuzasidan tezkor amaliy ishlar boshlanishi rejalashtirilib, vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.