«Telegram» kanal

Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli

18:54, 24.02.24
14

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Nishon tumanidagi xalq qabulxonasida Nishon tuman hokimi Botir Togʻayev hamda tuman xalq qabulxonasi mudiri Umid Mamashoyevlarning navbatdagi fuqarolar bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.Bu kabi sayyor qabullar tumandoshlarimizni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarga joyida yechim topish, aholining turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.Tumandagi A.Qodiriy, Oydin, Yangiobod, Yuksalish, Gulzor, Nishon mahallalarida istiqomat qiluvchi 80 nafardan ziyod fuqarolar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan tuman hokimi va qabulxona mudiriga murojaat etishdi.
Qabul davomida fuqarolar asosan uy-joy taʼmiri, davolanish uchun order, moddiy yordam, elektr-energiya, auksiondan olingan yerlarni oʻz nomidan chiqarish kabi bir qancha masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi Muammolar tegishli mutasaddilarga yoʻnaltirildi va soha mutaxassislari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Mablagʻ va vaqt talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.Har bir murojaatga va murojaatchiga alohida eʼtibor qaratildi. Ana shu mezon sayyor qabulning samarali boʻlishini taʼminladi.