«Telegram» kanal

Tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

07:50, 01.03.24
20

Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kasbi tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari va mahalla faollari ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabulda fuqarolar ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish, uy joyini ta'mirlash, elektr va gaz ta’minotini yaxshilash va boshqa masalalarda murojaat qilishdi. 

Aksariyat murojaatlar tegishli tashkilot va idora vakillari tomonidan joyida hal qilingan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi.