«Telegram» kanal

Fuqarolar qabuli: muammo va yechim

08:26, 04.03.24
11

Kasbi tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun tegishliligi bo‘yicha aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etildi. Murojaatlar asosan moddiy yordam olish, uy-joyini ta’mirlash, bandlik va elektr energiyasi ta’minoti masalalarida bo‘ldi.

Qabul davomida barcha murojaatlar joyida o‘rganildi va ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.