«Telegram» kanal

Qamashi tuman hokimi professional ta’lim muassasalari direktorlari bilan uchrashdi

15:19, 21.02.24
15

Qamashi tumanida 3 ta kasb-hunar maktabi, 2 ta kollej va 1 ta texnikum faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda ushbu ta’lim dargohlarida jami 2512 nafar yoshlar tahsil olmoqda. 
Xurshid Usmonov uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning ma’lum yo‘nalishdagi kasb-hunarga ega bo‘lishi muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu muassasalarning foydalanilmasdan qolayotgan imkoniyatlarini to‘liq ishga tushirish masalasiga e’tibor qaratildi. 
     Xususan, kasb-hunarga o‘qitish xonalarida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali band bo‘lmagan aholini daromadli qilish mumkin. Misol uchun, Balandchayla hududida joylashgan Qamashi suv xo‘jaligi va meloratsiya kollejida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shuni inobatga olib tadbirkor Charos Xo‘jayorovaga kollej hududida ish faoliyatini tashkil qilish taklif qilindi. Barcha muassasalarda kasb-hunar o‘rgatish xonalaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.