«Telegram» kanal

Dehqonobod tumanida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

11:25, 20.12.23
10

Dehqonobod tuman hokimligi tashabbusi bilan sektor rahbarlari, DXX bo’limi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorligida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Dehqonobod tumani hokimi Akrom Sulaymonov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, yoshlar bilan ishlash borasida tumanda tizimli ravishda ishlar olib borilib, bu o‘z natijasini berayotganligini taʼkidladi.

Tadbir davomida turli sohalarda faol bo‘lgan yoshlar hukumatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda yutuqlarga erishayotganligini o‘rtoqlashdi hamda o‘zlarini takliflarini bildirishdi. Uchrashuv yakunida sektor rahbarlari tomonidan “Besh tashabbus” olimpiadasi musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh yoshlarga tuman hokimi, sektor rahbarlarining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.