«Telegram» kanal

Prokuror ishtirokida jinoyat muhokamasi bo’lib o’tdi

11:57, 14.02.24
6

Mirishkor tumani prokurori – 2-sektor rahbari Sardor Nazarov boshchiligida “Bo’ston” mahallasida keng jamoatchilik ishtirokida jinoyat muhokamasi o’tkazildi.Axborot beruvchiga ko’ra, hududdagi fermer xo’jaligidan 20 mln so’mlik elektr liniyasi uchun olib kelingan alyumin metalli sim o’g’irlab ketilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan bu kabi jinoyatlarni oldini olishda mahalla va jamoatchilik bir bo‘lib aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish, ayniqsa viktimologik profilaktikaga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.