«Telegram» kanal

Kitob tumanida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida navbatdagi ochiq sayyor sud majlisi o`tkazildi

10:56, 06.01.24
5

Bugun Kitob tumani Madaniyat saroyida Jinoyat ishlari bo`yicha Kitob tumani sudi raisi Azimjon Akbarov tomonidan ochiq sayyor sud majlisi bo`lib o`tdi. Unda tuman prokuraturasi, tuman IIB va boshqa vakolatli organlar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shu kuni bo`lib o`tgan sud majlisida 3 nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishi hamda 5 nafar shaxslarga oid 3 ta ma`muriy sud ishlari ko`rib chiqildi hamda har biri bo`yicha qonunlarimizda ko`rsatilgan tartibda jazo choralari tayinlandi.

   Ma`lumot o`rnida, maskur sud majlisida yoshlarni ham ishtirokini ta`minlashdan ko`zlangan maqsad yoshlar tarbiyasi har bir davrning oʼta dolzarb masalasi boʼlib kelganini anglagan holda ular orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, kelgusida sodir etilishi mumkin boʼlgan qonunga xilof qilmish uchun jazo muqarrarligi, har bir jinoyat jazosiz qolmasligini yosh avlodga yetkazish, ularni qonunga hurmat va unga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.Bu kabi amaliy ishlar kelgusida ham davom ettirib boriladi.