«Telegram» kanal

Jinoyat muhokamasi

11:33, 24.02.24
5

Mirishkor tumani “Chamanzor” mahallasida viloyat IIB boshlig’i o’rinbosari Israil Ximmatov, tuman IIB boshlig’i G’ayrat Haydarov va keng jamoatchilik ishtirokida jinoyat muhokamasi o’tkazildi.O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishi davomida axborot beruvchi jinoyat tafsilotlari haqida to‘xtaldi, ushbu hodisaning sodir etilish sabab va omillari keng jamoatchilikka yetkazildi.Unga ko’ra, joriy yilning 9-fevral kuni “Chamanzor” mahallasida yashovchi Q.Berdiyev xonadoniga 4 nafar shaxslar bostirib kirgan. Atrofdagilar payqab qolganini bilgan uyushgan guruh a’zolari voqea joyini tark etgan.

Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.Muhokama davomida, yig‘ilish ishtirokchilarining fikr mulohazalari tinglanib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi faoliyat tahlil qilindi, hamda jinoyatlarning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.