«Telegram» kanal

Muqaddas qadamjo ziyorat qilindi

11:27, 25.02.24
4

 Joriy yilning 25-fevral kuni Mirishkor tumanidagi bir guruh mehnat faxriylari Pomuq hududidagi Sandiqli cho’llarida joylashgan muqaddas qadamjo “Isoq Ota” ziyoratgohida bo‘lib qaytishdi. Mazkur ziyoratgohda jonliq so‘yilib, Qur’on tilovatlari qilinib, shukronalar aytilib, Yaratgandan yurtimizga tinchlik, to‘kin sochinlik, dehqonchilik va chorvachilikka mo‘l ko‘lchilik, rizq baraka surab duoga qo‘l ochishdi. 
  Shuningdek, tuman faxriylari barpo etilganiga qariyb yarim asr bo‘lgan respublika ahamiyatidagi 4 R. Oltingugurt-Pomuq-O‘rtabuloq avtomobil yulining 40 va 80 km oralig‘i “Diydor orzu yo‘l qurilish trans” MChJ korxonasi tomonidan olib borilayotgan mukammal kapital ta’mirlash ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.