«Telegram» kanal

Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimiz bo‘ylab bo‘lib o‘tgan iftorlik tadbirlari uzviy davomi sifatida Kitob tumanida ham tashkil etildi

09:47, 25.03.24
9

Bugun Kitob tuman markazidagi "Yakkasaroy" to‘yxonasida ro‘zador fuqarolar, hoji ota-hoji onalar, mehnat faxriylari, bir guruh ehtiyojmand oila vakillari uchun iftorlik dasturxoni yozilib, dasturxonga noz-ne'matlar, tansiq taomlar tortildi.Yoshi ulug‘ oqsoqollarimiz dasturxon atrofida duoga qo‘l ochib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini tilab duo qilishdi.