«Telegram» kanal

“Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi” shiori doirasida forum bo‘lib o‘tdi

11:55, 15.02.24
6

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Taraqqiyot maqsadlari yo‘lida fan, texnika va innovatsiyalar to‘g‘risidagi rezolyutsiyada 11 fevral – “Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni” deb eʼlon qilingan. Sana munosabati bilan Mirishkor tumani Pomuq shaharchasida “Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi” shiori doirasida forum bo‘lib o‘tdi. 

Forum davomida ayollarning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga keng jalb etish masalalari ham   alohida to‘xtalib o‘tildi.Tadbir davomida iqtidorli qizlarning turli ishlanmalari yuzasidan ko‘rgazma ham tashkil qilindi. Shuningdek, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Xurshida Xoliqova, “Oqila ayollar”, xotin-qizlar faollari, tadbirkor, hunarmand ayollar ham ishtirok etdi.