«Telegram» kanal

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlandi

11:43, 09.03.24
6

Bugun tumanimizning muhtasham “Raxim ota” tantanalar saroyida 8-mart - xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat olib borayotgan xotin-qizlar, shuningdek, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.

 Tadbirning ochilishida tuman hokimi To'xtamurod Meyliyev so‘zga chiqib, ushbu qutlug‘ ayyomda hurmatli ayollarimizga eng samimiy va ezgu tilaklarini izhor etdi.Bayram dasturxoni ustida shirin diydor qurgan opa-singillarimiz tuman hamda viloyat markazidan tashrif buyurgan el suygan sanʼatkorlarning goʻzal kuy-qoʻshiqlaridan bahramand boʻldilar.