«Telegram» kanal

Prokuror shtab faoliyatini o’rgandi

11:19, 26.02.24
5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, huquq-tartibot va mudofaa organlariga respublika miqyosida 4 million yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etildi. 

 Bunda huquq-tartibot va mudofaa organlari hamda ularning quyi bo‘linmalari tuman (shahar)larning 4 ta sektoriga bo‘lingan holda ishlarni tashkil qilinishi belgilandi.Shunga muvofiq, Mirishkor tumanida shtab tashkil etilgan.Tuman prokurori Sardor Nazarov mazkur shtab faoloyatini o’rganib, shtab a’zolariga muhim ko’rsatma tavsiyalar berdi.