«Telegram» kanal

Maqsad bitta: yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash

10:40, 02.03.24
10

    Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etildi. Kasbi tuman prokuraturasi xodimlariga ham 2-sektor hududiga kiruvchi "Oqjangal", "Obod Neko‘z", "M.Ulug‘bek", "Istiqlol" va "Qatag‘on" mahallalaridan jami 3977 nafar yoshlar biriktirilgan.

    Ushbu "otaliqqa olingan" yoshlarning 4- toifasiga kiruvchi migratsiyadagi yoshlar bilan tuman prokurori S.Nurmatov, prokuror o‘rinbosari Q.Qambarov, prokuror yordamchisi J.Mirov, MIB tuman bo‘limi boshlig‘i R.Abdiyevlar video chat orqali onlayn muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtiradigan savollariga va murojaatlariga javob berishdi.Video chat orqali o‘tkazilgan uchrashuvda chet davlatlarida yurgan 80 nafarga yaqin yoshlar qatnashdi. Ulardan 15 nafari o‘zining murojaat va takliflarini bildirgan bo‘lsa, ushbu murojaatlarning 7 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va 8 tasi qo‘shimcha o‘rganish talab qilganligi uchun alohida nazoratga olindi.