«Telegram» kanal

Yoshlarni mas’ullarga biriktirib, otaliqqa olish mavzusida seminar bo’lib o’tdi

11:12, 27.02.24
19

Mirishkor tumani prokurori Sardor Nazarov rahbarligida huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi bo’yicha ishlarni tashkil etishga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.Tadbirda ishchi guruh a’zolari, prokuratura, FVB va yoshlar ishlari bo’limi xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunga hurmat kabi ezgu tuyg‘ularni shakllantirishga qaratilgan muhim vazifalar xususida tushuntirish berildi.Shuningdek, yoshlarni yurtimizdagi islohotlar jarayonidagi ishtirokini oshirish, ular o‘z intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoitlar yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan dasturlar borasida takliflar tinglandi.