«Telegram» kanal

Yoshlarni huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirib, ularni otaliqqa olish masalasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi

11:17, 26.02.24
5

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etildi.Bugun aynan shu masala yuzasidan tashkil etilayotgan ishlar bo’yicha tahliliy yig’ilish bo’lib o’tdi.Tadbirda prokuratura, DXX, IIB, adliya, Mudofaa, favqulodda vaziyatlar, Qo’riqlash va yoshlar ishlari bo’limlari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha o’rinbosari – shtab rahbari Ulash Cho’liyev 7 ta toifa bo’yicha tashkil etilgan ishlar, yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunga hurmat kabi ezgu tuyg‘ularni shakllantirishga qaratilgan rejali ishlar haqida to’xtaldi.Shuningdek, mas’ullar o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan ularning individual muammolari va xususiyatidan kelib chiqib ish tashkil etishi ta’kidlandi.