«Telegram» kanal

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha yangi tizim. Rahbarlar chora-tadbirlar va amaliy jarayonlarni o’rganishdi

11:06, 28.02.24
6

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etildi.Shunga muvofiq, Qashqadaryoda, xususan Mirishkor tumanida ham amaliy ishlar keng qamrovda davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimi o’rinbosari Anvar Qobilov va tuman hokimi Fayzullo G’ulomovlar mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman shtabi faoliyati bilan tanishdilar.Shuningdek, huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilib, otaliqqa olingan yoshlarning toifasi bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar, ish reja bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlar tinglandi.