«Telegram» kanal

Viloyat hokimi Vatanparvarlik yo‘nalishidagi maktab faoliyati bilan tanishdi

09:13, 11.03.24
6

Koson tumanidagi 15-maktab namunaviy Vatanparvarlik yo'nalishidagi maktabga aylantirildi. Viloyat rahbari Murotjon Azimov va viloyat IIB boshlig'i Abduvohid Ismoilov mazkur dargohda yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.Dastlab, maktabda ishsiz yoshlar uchun tashkil qilingan nemis tili kurslari faoliyatiga e'tibor qaratildi. Shundan keyin yangi tashkil etilgan Jadidchilar burchagida o'qituvchilar bilan muloqot qilindi.