«Telegram» kanal

"Mudin" mahallasidagi maktab namunaviy Vatanparvarlik yo‘nalishidagi maktabga aylantirildi

09:16, 11.03.24
5

Xabar qilganimizdek, bugun "Mudin" mahallasida mahalla yettiligi faoliyatiga doir bir qator tadbirlar o'tkazildi.Bu tadbirlarning baddiiy qismi mahallada joylashgan 15-maktabda davom etdi.

Alohida ta'kidlash joiz, mazkur ta'lim dargohi Qashqadaryo viloyati IIB hamda Koson tumani hokimligi bilan hamkorlikda namunaviy Vatanparvarlik yo‘nalishidagi maktabga aylantirildi va qayta jihozlandi.Maktab hovlisida tashkil qilingan tadbirda esa Vatanparvarlik ruhini o'zida aks ettiruvchi turli sahna chiqishlari namoyish qilindi. Faol bo'lgan yoshlarga viloyat rahbari tomonidan esdalik nishonlari taqildi.