«Telegram» kanal

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va Koson tumani hokimi yoshlar bilan uchrashdi

09:52, 22.02.24
5

Koson tumani markazidagi Madaniyat markazida Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, Koson tumani hokimi Asrol Boykarayevning yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.Yoshlar bandligini ta‘minlash tadbirda eng muhim masala etib belgilandi. Bunda avvalo xavfsiz, tartibli, qonuniy mehnat migratsiya haqida tushuncha berildi.
  Bundan tashqari, yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish masalasi ham ko‘tarildi. Tumandagi Monomarkazda, 2-sonli kasb-hunar maktabida nemis tili kurslari tashkil etilgani, til o‘rganmoqchi bo‘lganlarga bu til o‘rgatilishi hamda Germaniyaga ishga jo‘natish uchun amaliy yordam berilishi ma‘lum qilindi.Shuningdek, mahalladagi yoshlar yetakchilari ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bilan tizimli ishlashi, ularni kasb-hunarga yo‘naltirishi muhim ekani ta‘kidlandi.