«Telegram» kanal

“Mudin” shaharchasida mahalla yettiligi faoliyatiga doir ommaviy tadbirlar o’tkazildi

09:24, 11.03.24
6

Bugun Koson tumani “Mudin” mahallasidagi shaharchada mahalla yettiligi faoliyatiga doir bir qator tadbirlar bo’lib o’tdi. Dastlab, mazkur tadbirlar ommaviy yugurish marofoni bilan boshlandi. Marafonda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, viloyat IIB boshlig’I Abduvohid Ismoilov va viloyat, tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Marafonda tuman yoshlari va aholi vakillari, mahalla xodimlari qatnashib, birinchilik uchun kurashdi. Musobaqa yakunida g’oliblar viloyat rahbarlari tomonidan taqdirlandi.