«Telegram» kanal

Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

12:47, 02.02.24
9

Bugun Koson tumani Madaniyat markazida Koson tumani hokimi, tuman xalq qabulxonasi va sektor rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tuman hokimi Asrol Boykarayev, tuman Xalq qabulxonasi rahbari Furqat Rajabov, tuman prokurori Fahriddin Jovliyev, IIB boshlig‘i Ilhom Qutlimuratov, soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abror Yusupov ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishdi.

Murojaatlar asosan moddiy yordam, uy-joy masalasi, davolanish uchun yordamni tashkil etdi. Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berilgan bo‘lsa, ba'zi murojaatlar ijobiy hal etilishi aytilib, muddat belgilandi.