«Telegram» kanal

Tuman prokurori tomonidan "Xo'ja Kasbi" mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazild

09:39, 15.01.24
21

Kasbi tumani prokurori Sanjar Nurmatov tomonidan "Xo'ja Kasbi" MFYda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda nuroniylar, mehnat faxriylari, yoshlar va ijtimoiy daftarlarga ro‘yxatga olingan fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi.Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy ta’minot, yo‘l, elektr, moddiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan jami 14 ta murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 4 tasi ijobiy hal etildi, qolgan 7 tasi o‘rganish va hal etish uchun muddat talab etganligi sababli mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.Sayyor qabul yakunida muqaddam sektor rahbariga tikuv mashinasi berishni so'rab murojaat qilgan, 2-sektor xududida yashovchi, to'rt nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.