«Telegram» kanal

“Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazilib, yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

10:59, 01.03.24
11

Mirishkor tumani IIB – 3-sektor rahbari G‘ayrat Haydarov va Xalq qabulxonasi mudiri Abdurazzoq G‘oziyevlar “Do‘stlik” mahallasida fuqarolarning qabuli bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazishdi.Qabulda 13 nafar fuqarolar tomonidan turli sohalarga oid murojaatlar yo‘llanib, 3 tasi joyida hal etildi. 5 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuncha berildi. Muddat talab etuvchi murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabuldan so‘ng yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, muammo va takliflari tinglandi.Qolaversa, rahbarlar fuqarolar murojaatini joyiga borib o‘rganib, 26-sonli maktabning issiqlik tizimini o‘rganishdi.