«Telegram» kanal

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va Koson tumani  hokimining yoshlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda

09:41, 26.02.24
4

Koson tumani "Lolazor" mahallasi yoshlari uchun Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, Koson tumani hokimi Asrol Boykarayevning uchrashuvi tashkil qilindi. Yoshlar bandligini ta‘minlash tadbirda eng muhim masala etib belgilandi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda mahalla yigit-qizlari o‘z takliflarini bildirdi. Muammolarini aytishdi. Mutojaatlari tinglandi va yechimi bo‘yicha mas'ullarga zarur topshiriqlar berildi.