«Telegram» kanal

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Nishon tumani Talimarjon shaharchasiga tashrif buyurdi

17:46, 28.02.24
12

   Viloyat hokimi Nishon tumaniga tashrifi chogʻida Talimarjon shaharchasida boʻlib ushbu hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.Shuningdek mahalla yettiligi bilan uchrashib aholi uchun qulay sharoit yaratish choralarini koʻrish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni bartaraf etish, yoshlar bandligini taʼminlashda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.

Shahar sharoitida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash maqsadida maktab direktori va o‘rinbosarlari bilan mahalla yettiligi hamda Milliy gvardiyaning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bunda ta’lim jarayonlari maktab tomonidan, o‘quvchilarni ta’limga jalb qilish mahalla yettiligi nazoratga olib hamkorlikda ishlashni kuchaytirish kerakligini taʼkidladi.Oʻquvchilarni taʼlimga jalb etish masalalarida barchamiz hamjihat bo‘lishimiz kerak! deydi viloyat hokimi.Shuningdek viloyat rahbari yaqindagina Talimarjon shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan M.Rahimqulovning ma'suliyatli faoliyatida omad muvaffaqiyatlar tiladi.