«Telegram» kanal

Kasbi tumani hokimi ishtirokida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi hamda tibbiyot muassasalarining 2024-yilgi ustuvor vazifalari muhokamasiga bag'ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11:54, 27.02.24
17

Kasbi tumani hokimi ishtirokida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi hamda tibbiyot muassasalarining 2024-yilgi ustuvor vazifalari muhokamasiga bag'ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
   Unda ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning bugungi zamon talabiga munosib saboq olishlari uchun shart-sharoit yaratish, maktabgacha ta’lim yoshida bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalariga jalb qilish, pedagog va tarbiyachilarning toifa hamda malakasini tizimli oshirib borishni tashkil etish masalalari ko‘rildi.

   Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati ham tanqidiy tahlil etilib, faoliyatidagi bir qator kamchiliklar aytib o'tildi. Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasi oldiga "Sog'lom onadan sog'lom bola dunyoga keladi" shiori ostida targ'ibot tadbirlarini kuchaytirish orqali erta tug'ruq, qarindoshlar o'rtasidagi nikoh va erta nikohlarning oldini olish vazifasi qo'yildi