«Telegram» kanal

"Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi ijrosi amalda

12:48, 22.02.24
25

    Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Kasbi tumani Obod Neko'z mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy qilish, mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.
   Qashqadaryo viloyat prokurori birinchi o'rinbosari Sherali Ashirov Obod Neko'z mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Obod Neko'z mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarida mahalla ahlining ham o'z o'rni borligi, ular ham birdamlikda bu xayrli ishga qo'shilishlari lozomligi ta'kidlandi. Shuningdek, viloyat prokurori o'rinbosari Obod Neko'z mahallasidagi har bir ko'cha, har bir xonadonda ko'chatlar ekishni ko'paytirish va bu orqali mahallada yashil bog'lar barpo etish yuzasidan topshiriqlar berdi.