«Telegram» kanal

Nishon tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Xurshid Bahromov yoshlar bilan uchrashdi.

17:39, 28.02.24
9

  Ushbu uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi prezidentining Nishon tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri U.Mamashoyev, tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi tumani boʻlimi va mahalla faol yoshlari taklif etildi, hamda ishtirok etdi.
     Uchrashuvda tuman prokurori yoshlar bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.Muddat talab etadigan barcha murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.Tadbir soʻngida faol bir guruh yoshlar ragʻbatlantirildi.