«Telegram» kanal

Dehqonobodda harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazild

09:15, 03.02.24
21

Qarshi harbiy prokuraturasi, viloyat Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Dehqonobod tumani hokimligi, Chegara harbiy qismi, garnizon qoʻmondonligi hamkorligida harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda shuningdek, tuman mudofaa ishlari boʻlimi, yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Dehqonobod tumani boʻlimi boshligʻi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Dehqonobod tuman boʻlinmasi vakillari ishtirok etdi. 

Unda uyushmagan va olis hudud hisoblangan “Oqirtrma” mahallasi yoshlari, shu jumladan, mahalla hududidagi maktab oʻquvchilari ishtirok etdi. Tadbirda soʻz olganlar vatanparvarlik tuygʻusi, milliy gʻurur, Vatan himoyasini va tinchlikni taʼminlashda harbiylar va harbiy xizmatning bemisl oʻrni, ajdodlarimizning ulkan maʼnaviy merosi xususida mulohaza yuritdilar. Vatan haqidagi kuy-qoʻshiqlar hamda jangovarlik va jasorat ruhidagi sahna chiqishlari bilan birga sport musobaqalari tashkil etildi. Faol yoshlar tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.