«Telegram» kanal

Nishon tumani 2-sektor rahbari tuman prokurori vazifasini bajaruvchi Xurshid Bahromovning Nuriston mahallasida yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

19:42, 16.02.24
7

Uchrashuvda Nishon tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Xurshid Bahromov va 200 nafar Nishon tumani yoshlari ishtirok etdi.Yigʻilish mobaynida yoshlar oʻzlarini qiynagan muammo va savollarga tuman prokurori va masʼullardan javob olishdi.
Doʻstona tarzda boʻlib oʻtgan uchrashuv soʻngida oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashgan yoshlar, Vataniga xizmat qilishni oʻz oldiga maqsad qilib olganligini hayajon bilan taʼriflashdi. Bu borada nimalar qilish kerakligi toʻgʻrisida prokurordan huquqiy maslahatlar olishdi.Uchrashuv avvalida tushkin kayfiyat va maqsadsiz hayot tarzi bilan kelgan yoshlarning aksariyati, yakunda oʻziga kerakli maslahatlar, huquqiy asos va Vatanga muhabbat bilan uyiga qaytishdi.