«Telegram» kanal

Bugun Nishon tumanida milliy kurash boʻyicha “prokuror kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

18:38, 27.02.24
5



Shu bois, mamlakatimizda prokurorlar tashabbusi va amaliy yordami bilan yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.Xuddi shunday musobaqa Nishon tumani prokurori vazifasini bajaruvchi Xurshid Bahromovning tashabbusi bilan tumandagi sport maktabida "Milliy kurash" sport turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdiMusobaqalarning ochilish tadbirida Nishon tuman hokimi Botir Togʻayev tuman prokurori vazifasini bajaruvchi Xurshid Bahromov ishtirok etib, ishtirokchilarga omadlar tiladi va tumanda musobaqalarning mahalla, sektor va tuman bosqichlari boshlanganini maʼlum qildi.

Endilikda kurashchi sportchilarimiz oʻz vazn toifalarida musobaqalarda ishtirok etib, tuman birinchiligi uchun kurash olib boradilar va gʻoliblar viloyat va respublika bosqichida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritishlari mumkin.Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy oʻtgan musobaqa yakunida gʻoliblar va faol ishtirokchilar tuman prokuraturasi va sport maktabi tomonidan  diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.