«Telegram» kanal

Sektor rahbarlari aholi bilan muloqotda!

09:52, 29.02.24
11

Xabaringiz bor, haftaning har payshanba kuni Kitob tumanida sektor rahbarlari hamda barcha tashkilotlar ishtirokida fuqarolar qabuli  doimiy o`tkazilib kelinadi. An`anaga muvofiq, bugun ham Xalq qabulxona binosida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda tuman hokimi Uktam Pardayev boshchiligidagi barcha sektor rahbarlari, Kitob tumani Xalq qabulxonasi mudiri Abdishukur Omonov hokim o`rinbosarlari boshchiligidagi mas`ullar aholimiz muammolariga quloq tutishdi. 

Uchrashuv davomida tumandoshlarimizdan 50 dan ortiq turli mavzudagi murojaat va takliflar kelib tushib, ularning har biri bo`yicha tegishli soha vakillarining nazorati ta`minlandi. Albatta, joylarda xalq bilan tashkil etilayotgan bu kabi ochiq muloqotlar mavjud muammolarning o`z vaqtida hamda manzilli hal etilishiga xizmat qiladi.