«Telegram» kanal

Fuqarolar qabuli. Xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

09:10, 11.01.24
11

Bugun tuman hokimligi faollar zalida tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyevning navbatdagi qabuli bo‘ldi. Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni birgalikda ko‘rib chiqish va hal etish uchun tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulda fuqarolarning elektr ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aliment undirish, bandlik va boshqa masalalarga oid murojaatlari o‘rganildi.Bir qator murojaatlar qabul jarayonida o‘z yechimini topdi, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralari belgilandi.