«Telegram» kanal

Farzand tarbiyasi uchun muallim va ota-ona birdek javobgar

13:12, 17.02.24
7

Keyingi yillarda mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama yetuk, komil, fikrlovchi inson bo‘lib yetishishi uchun keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.Kasbi tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, ushbu maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimligi, tuman IIB mas’ullari, "mahalla yettiligi" hamda maktab ma’muriyati ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ota-onalarga farzandlarini o‘tish (ulg‘ayish) yoshi davrida muammolardan, zamonaviy axborot-texnologiyalari, internet, ijtimoiy tarmoqlardagi zararli ma’lumotlardan asrash, tahlil qilish, ma’naviy, estetik va madaniy tarbiya berishda nimalarga e’tibor qilmoqliklari tushuntirildi.O‘quvchilarning maktabda odob-ahloq qoidalariga rioya qilishlarida ota-onalar ham birdek javobgar ekanligi ta’kidlandi.