«Telegram» kanal

Tuman hokimi 48-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar darsini kuzatdi

13:16, 17.02.24
7

  Kasbi tuman hokimi To'xtamurod Meyliyev bugun Xo'jaqarliq mahallasida bo‘lib, maktabdagi dars jarayonini ko‘zdan kechirdi. Hokim dars jarayonini kuzatar ekan, ta’lim sifati va o‘quvchilarning yaxshi bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni tahlil qildi. 
  - “Bizning davrimizda bunaqa imkoniyatlar bo'lmagan. Siz ta'lim olayotgan dargohdagi shart-sharoitlarni biz orzu qilardik. Bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yetuk kadrlar bo'lib yetishishingiz kerak”, — dedi tuman rahbari maktabdagi o‘quv jarayonlarini kuzatar ekan.