«Telegram» kanal

Istiqlol mahalla Bobur ko‘chasi yangilanmoqda

10:05, 22.01.24
10

Obodonlashtirish ishlarini va jarayoni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring
                      
Insonga nisbatan ishlatiladigan «poyqadam» so‘zi ko‘p ma’noni anglatadi. Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi ya’ni poyqadamlari bilan Dehqonobod tumanida ham katta o‘zgarishlar, islohotlar boshlab yuborildi. 

Tumandagi bir qator ijtimoiy  inshootlarni ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi topshirig‘i bilan Tog‘aytemir mahallasidek o‘zgarish boshqa sektorlar hududida davom etmoqda. Bugun tuman prokuroriga qarashli 2 -sektor hududida joylashgan «Istiqlol «mahallasida ommaviy obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Bobur ko‘chasida joylashgan tuman mudofaa bo‘limi binosi atrofi ko‘p yillardan buyon obodonlashtirilmasdan qolib ketgan. 
    Hozir viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, tuman hokimi A.Sulaymonov va ishchi guruhi a’zolari rahbarligida tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi, obodonlashtirish ishlari bo‘limi, tuman obodonlashtirish bo'limi tomonidan ko‘chadagi noteks yo‘llar, past baland devorlar, mahalla husniga dog‘ bo‘lib turgan pastqam qo‘lbola omborxonalar buzib tashlanib, tekstlash ishlaribormoqda. Shuningdek bo‘sh maydonlar bellanib, manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekishga hozirlab qo‘yilmoqda.