«Telegram» kanal

Dehqonobod tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

12:11, 14.02.24
11

 Bugun erta tongdan tuman hokimi boshchiligidagi masʼullar  tumanning "Dehqonobod" shaharchasidagi bozor atrofi, koʻchalarda boʻlayotgan obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Maʼlumot uchun,"Dehqonobod" shaharchasidagi bozorda noqonuniy qurilgan doʻkonlar buzilib, zamonaviy  shaharsozlik normalariga javob beruvchi doʻkonlar barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, hudud chiqindilardan tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.  Oʻzgarishlardan aholi vakillari shu oʻrinda nuroniylar mamnun ekanlarini bildirishmoqda.