«Telegram» kanal

Bolalar bog‘chasidan o‘rnak oling!

11:49, 15.02.24
8

Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining farzandlari ta’lim tarbiya olayotgan G‘afur G‘ulom ko‘chasida joylashgan 2-DMTT da bugun obodonlashtirish va tozalik ishlari boshlab yuborildi.
     Ob havoning iliq kunlaridan foydalanib, bolalar bog‘chasi hovlisidagi daraxtlarning taglari  yumshatilib, ob hayotga qondirilmoqda. Shuningdek daraxtlar ketma ket oqlanib, shakl berish jarayoni ham bajarilmoqda. Tuman obodonlashtirish bo‘limi ishchilari tomonidan bolalar bog‘chasiga qarashli ko‘cha ya’ni  kirish darvozasi atrofida ham tozalik ishlari amalga oshirilmoqda.
Uylaymizki, tumanimizning boshqa korxona, tashkilotlari, mahallalari, muassasalari, ta’lim dargohlari ham ushbu jarayonlardan o‘rnak olib, tozalash va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishsa nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.!