«Telegram» kanal

Yashillik bor joyda yaxshilik ildiz otadi

11:23, 21.01.24
8

Insonlar ona tabiatning toza havosidan erkin nafas oladi. Ko‘ngil yayraydi. Chang to‘zonlarni havodagi zaharli moddalarni o‘ziga oladigan ham bu yashil daraxtlardir. 

Kechadan buyon Dehqonobod tuman markazida boshlangan obodonlashtirish ishlari bugun ham uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Ekilgan archa daraxtlariga boradigan suv yo‘llari ariqlar ham ajratilmagan. Atrofi ochilmagan. Bir necha yillardan buyon daraxtlarga shakl berilmagan. Bugun ana shu yumushlar tuman hokimi Akrom Sulaymonov boshchiligida davom ettirilmoqda. Obodonlashtirish bo‘limi ishchilari suv yo‘llarini ochish, daraxtlarga shakl berish, qurigan shox shabalarni olib tashlash, taglarini yumshatish, chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirmoqdalar.