«Telegram» kanal

Dehqonobodda "Lukoyl" kompaniyasi Aholi bilan muloqot oʻtkazdi

13:05, 06.02.24
7

Lukoyl kompaniyasi hamda Dehqonobod tuman hokimligi bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tumanda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari va mahalliy aholi qatnashdi. Unda Rejalashtirilgan faoliyatning asosiy maqsadi resurs bazasini koʻpaytirish va Gissar GQOS konida uglevodorod xomashyosini qazib olish darajasini saqlab qolish, shuningdek, qidiruv quduqlarini burgʻilash orqali konlarda qoʻshimcha qidiruv ishlarini olib borilishi boʻyicha ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi. Takliflar tinglandi, mavzuga doir berilgan savollarga atroflicha javob berildi. 

Mavjud Odamtosh va Jarquduq konlarining rejalashtirilgan texnologik koʻrsatkichlariga erishish uchun qoʻshimcha 4 quduq (Omonota konida 2 ta va Pachkamar konida 2 quduq) burgʻilash zarur ekanligi boʻyicha maʼlumot berildi. Uchrashuvda atrof-muhitga taʼsiri baholashning muhim jihatlari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotlar oʻz ichiga oldi, rejalashtirilgan faoliyatni koʻrib chiqish obyekti Pachkamar va Omonota konlarida vertikal quduqlarni qurish boʻyicha ishtirokchilarni xabardor qilindi.