«Telegram» kanal

Dehqonobodda Respublika Ishchi va muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruhi vakillari tomonidan seminar tashkil etildi

09:41, 25.01.24
8

Respublika Ishchi va muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruhining vakillari tomonidan oʻtkazilgan seminarda tuman hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi hamda oʻrinbosarlari, hokim yordamchilari tuman kadastr, moliya boʻlimlaridan  ishtirok etishdi. Unda oʻzini oʻzi band qilish imkoniyatlari, bir yillik ijtimoiy soliq miqdori, ruxsat berilgan faoliyat turlari, pensiya uchun zaruriy eng kam mehnat staji, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari banklari tomonidan kredit ajratish shartlari boʻyicha maʼlumot berildi .

Shuningdek, Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-366-sonli qarorining mazmun-mohiyati, 
Mahallalarda ishsizlikni kamaytirish, oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari va ularga yaratilgan qoʻshimcha imtiyozlar, tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik subʼektlariga hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan subsidiya ajratilishi boʻyicha aytib oʻtildi.