«Telegram» kanal

Tuman rahbarining topshirigʻi amalda: Yana bir mahallaning ichki tuproq yoʻllari obod boʻlmoqda

12:20, 10.02.24
11

Dehqonobod tumani “Oydin yoʻli” mahallasidagi ichki  koʻchalardan biri hashar yoʻli bilan taʼmirlash ishlariga kirishildi. Mahallada hashar yoʻli bilan ichki yoʻllar kengaytirilib, tekislanib, qum-shagʻal yotqizilmoqda. 

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan yoʻlga qoʻyilgan "Obod xonadon — obod koʻcha— obod mahalla" tamoyilining ahamiyati-mohiyati ham shunda, chunki "Obod xonadon — obod koʻcha— obod mahalla" tamoyili orqali yurtdoshlarimizga oʻz xonadonlari, koʻchalari va mahallalarining obod hamda fayzli boʻlishida gap katta ekanligini koʻrsatib berishdir. Bugungi kunda tumandagi taʼmirlanishi kerak boʻlgan yoʻllarda ishlar toʻxtagani yoʻq, har qadamda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Maʼlumot oʻrnida, tuman rahbari Akrom Sulaymonov tomonidan “Oydin yoʻli” mahallasidagi ichki yoʻllar taʼmirlanishi ham nazoratga olingan, belgilangan ishlarni tez va sifatli amalga oshirish yuzasidan kerakli topshiriq va koʻrsatmalar berilgan.